TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 5-dekabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda xorijiy bazalardan foydalanish tartibi, mavjud bazalar roʻyxati haqida tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek kitobxon oʻquvchilarga kutubxona faoliyati bilan tanishtirish davomida ushbu xorijiy bazalar haqida ham ma'lumotlar aytib oʻtish alohida ta'kidlab oʻtildi.Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, xorijiy bazalar boʻyicha tushunmagan savollariga javob oldilar.



