TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 7-noyabr kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda komyuterda Power Point hamda Word dasturlarida Virtual koʻrgazma tayyorlash boʻyicha xodimlarga amaliy va nazariy tushunchalar berib oʻtildi. Kitoblarni tavsiya qilishda albatta mualliflik huquqiga, mazmunan eskirgan, diniy mazmundagi kitoblarga alohida eʼtibor berishliklari ham ta'kidlab oʻtildi. Xodimlar ham oʻzlarining qiziqtirgan savollarini berib, tushunmagan savollariga javob oldilar.



