"Ta'tilda maroqli mutolaa" nomli sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 23- iyun sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markaziga 13-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida "Ta'tilda maroqli mutolaa" nomli sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida oʻquvchilar kutubxona bilan yaqindan tanishishtirilib, kutubxonadan foydalanish qoidalari, mavjud adabiyotlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Soʻng oʻquvchilar bilan "Buvim aytgan ertaklar" shoiri ostida davra suhbati tashkil etilib, unda jajji kitobxon o'quvchilarga jahon xalq ertaklari kitobidan "Tikuvchi bilan nayrangboz" ertagi so'zlab berildi va o'quvchilar bilan ertak qahramolari haqida savol-javob tashkil etildi. Shuningdek oʻ'quvchilar o'zlari yoqtirgan ertaklarini mutolaa qilishdi. Sayohatga 12 nafar oʻquvchi yoshlar jalb etildi.