"Sunʼiy intelekt va kelajak kasblari" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida joriy yilning 6-avgust, payshanba kuni Yoshlar kuni munosabati bilan "Sunʼiy intelekt va kelajak kasblari" mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.
Bunda faol kitobxon yoshlar, taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlari hamda kutubxona mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning ilm-fan, madaniyat va sport sohalaridagi yutuqlari, kitobxonlikning yoshlar maʼnaviy kamolotidagi oʻrni haqida soʻz yuritildi va sunʼiy intellektning hozirgi zamondagi muhim oʻrni borasida fikrlar almashildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan yoshlar ragʻbatlantirilib, barchaga ezgu tilaklar bildirildi.



