“Sofdil Mallavoy” asaridagi mehr-oqibat, sadoqat va do‘stlik kabi ezgu fazilatlar alohida ta’kidlandi.
Joriy yilning 18-fevral sanasidakutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar bilan Yan Ekxolmning "Sofdil Mallavoy" kitobi yuzasidan qiziqarli va mazmunli kitob sharxi tashkil etildi.
📌Sharx davomida kitob mazmuni haqida suhbat o‘tkazilib, asar qahramonlarining fe’l-atvori, ularning boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida bolalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. “Sofdil Mallavoy” asaridagi mehr-oqibat, sadoqat va do‘stlik kabi ezgu fazilatlar alohida ta’kidlandi.
🔖Shuningdek, bolalarga kitob mazmuniga bog‘liq qiziqarli topishmoqlar va savol-javoblar berildi. Bu esa ishtirokchilarning faolligini yanada oshirib, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini mustahkamladi.
📗 Kitob sharx ko‘tarinki ruhda, bolajonlarning faol ishtiroki va samimiy taassurotlari bilan yakunlandi.


