"Siz sog'ingan ziyo maskan" nomli sayohat tashkil qilindi.
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari “INFOLIB O’ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida Nuroniylar jamg'armasi a'zolari hamda 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari tomonidan "Siz sog'ingan ziyo maskan" nomli sayohat tashkil qilindi. Ekskursiya davomida barcha ishtirokchilarga kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud zamonaviy imkoniyatlar hamda eng yangi adabiyotlar bilan tanishtirib o'tildi.



