"Shukrullo ijodi — ma’naviyat va adabiyot xazinasining bebaho durdonasi!" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 2-sentyabr sanasida Oʻzbekiston xalq shoiri Shukrulloning tavallud kuni munosabati bilan "Shukrullo ijodi — ma’naviyat va adabiyot xazinasining bebaho durdonasi!" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi.
Shukrullo — o‘zbek adabiyotining rivojiga munosib hissa qo‘shgan taniqli shoir, yozuvchi va tarjimondir. Uning sermazmun ijodida inson taqdiri, Vatanga muhabbat, ezgulik, ma’naviyat va hayot haqiqatlari o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Mazkur kitoblar ko‘rgazmasida adibning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, she’riy to‘plamlari, nasriy asarlari hamda kitobxonlar sevib mutolaa qiladigan asarlari o‘rin olgan.
Shukrullo asarlari kitobxonni hayot haqida mushohada yuritishga, insoniy qadriyatlarni asrashga va ezgulikka intilishga chorlaydi.
Ko‘rgazma kitobxonlarni adibning boy ijodiy merosi bilan yaqindan tanishish va uning asarlarini mutolaa qilishga chorlaydi.
