“Shuhrat” medali sohibasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati, taniqli shoira Guljamol Asqarova bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda.
Joriy yilning 16-may sanasida Doʻstlik tuman Madaniyat saroyida zamonaviy oʻzbek sheʼriyatining yorqin namoyandasi, “Shuhrat” medali sohibasi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati, taniqli shoira Guljamol Asqarova bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtmoqda.
📖Mazkur adabiy uchrashuvda Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Sheʼriyat ixlosmandlari uchun shoiraning Choʻgʻ ustida raqs kitobi hamda boshqa bir qator sheʼriy asarlar asosida kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
💎Ushbu uchrashuv sheʼrsevar qalblarga unutilmas taassurotlar ulashib, zamonaviy oʻzbek adabiyotining goʻzal namunalarini yanada chuqurroq anglash imkonini bermoqda.


