“Shuhrat” medali sohibasi hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida Do‘stlik tuman hokimligi bilan hamkorlikda zamonaviy o‘zbek she’riyatining yorqin vakilasi, “Shuhrat” medali sohibasi hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari, kitobxonlar va she’riyat ixlosmandlari faol ishtirok etib, shoira bilan bo‘lgan mazmunli suhbatdan katta taassurot oldilar.
Tadbir davomida she’riyat muxlislaridan biri I. Narbayeva shoiraning “Chog‘ ustida raqs” kitobidan o‘rin olgan “O‘ylagandim hayot bizni siylaydi deb” nomli she’rini yoddan aytib, yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.
Shoira ijodining xalqimiz qalbidan chuqur joy olayotgani, insonlarni ezgulikka, mehr-oqibat va yaxshilikka chorlayotgani barchani quvontirdi.
Shuningdek, ana shunday fayzli va mazmunli uchrashuvni tashkil etishda bosh-qosh bo‘lgan tuman hokimi o‘rinbosari S. Qayumovaga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.


