Sheron Dreyperning “Aqlimdan tashqarida” (Out of My Mind) asari atrofida mazmunli suhbat qurildi.
Joriy yilning 8-sentabr kuni klubimizning faol kitobxonlari va adabiyot shaydolari ishtirokida navbatdagi ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samimiy va qizg‘in ruhda kechgan tadbirda taniqli yozuvchi Sheron Dreyperning “Aqlimdan tashqarida” (Out of My Mind) asari atrofida mazmunli suhbat qurildi.
⏺Uchrashuv davomida asar bosh qahramoni — matonatli va irodali Melodining hayoti, ichki kechinmalari, jismoniy imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, bilimga, hayotga va insoniy munosabatlarga bo‘lgan cheksiz intilishi haqida fikr almashildi.
💬Kitobxonlar asardan olgan taassurotlari, o‘zlari uchun muhim bo‘lgan xulosalar va hayotiy saboqlarni o‘rtoqlashdilar. Suhbatlar davomida asarning inson qadr-qimmati, mehr-oqibat va imkoniyatlarga yangicha nigoh bilan qarashga undashi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan klub a’zolariga tashakkur bildirildi.
📞Mutolaa birlashtirgan qalblar, fikrlar boyitgan suhbatlar va kitob bilan mazmunli uchrashuvlarimiz davom etadi!


