Sharof Rashidovning hayoti va ijodiga bag’ishlangan videorolliklar namoyishi tashkil etildi.
Joriy yilning 20-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Jizzaxlik mashhurlar” shiori ostida o’tkazilgan tadbir doirasida xalqimizning sevimli yozuvchisi, atoqli adib Sharof Rashidovning hayoti va ijodiga bag’ishlangan videorolliklar namoyishi tashkil etildi.
✨Ushbu namoishda kutubxona xodimlari, maktab o’quvchilari, ziyolilar ishtirok etdi. Namoyish davomida Sharof Rashidovning Jizzax viloyatida o’tgan bolalik va yoshlik yillari, ilm olish va adabiyotga qiziqishi, keyinchalik esa o’zbek adabiyoti va madaniyatining rivojiga qo’shgan hissasi haqida hikoya qiluvchi videolavhalar ko’rsatildi. Shuningdek, adibning “Qudratli to’lqin”, “G’oliblar” kabi asarlari hamda ularning o’zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o’rni haqida ham so’z yuritildi.
🗞Videorolliklar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

