“Qonun ustuvorligi — adolat garovi” nomli siyosiy-huquqiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 9-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Qonun ustuvorligi — adolat garovi” nomli siyosiy-huquqiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, unda namoyish etilgan siyosiy-huquqiy adabiyotlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, inson huquqlari va qonunchilikka oid nashrlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mutaxassislar tomonidan kitobxonlarga adabiyotlarning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.


