“Qonun ustuvorligi — adolat garovi” nomli siyosiy-huquqiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 9-iyun sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Qonun ustuvorligi — adolat garovi” nomli siyosiy-huquqiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
🔖Mazkur ko‘rgazmadan asosiy maqsad aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda fuqarolarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
📙Ko‘rgazmada Konstitutsiya, qonunchilik, davlat va jamiyat boshqaruvi, inson huquqlari, huquqiy islohotlar hamda siyosiy tafakkurni rivojlantirishga oid adabiyotlar namoyish etildi.
