“Qalamga koʻchgan hayot haqiqatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston Qahramoni hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad 1920-yil 10-iyun kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Ushbu sana munosabati bilan Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 11-iyun sanasida “Qalamga koʻchgan hayot haqiqatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📌Tadbir davomida adibning hayoti va serqirra ijodi, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda uning eng sara asarlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yozuvchining mashhur “Jimjitlik” romani mazmun-mohiyati, unda yoritilgan hayotiy voqealar va asarning badiiy qimmati haqida atroflicha so‘z yuritildi.
Davra suhbati jarayonida o‘quvchilarga Said Ahmad ijodiga oid savollar berildi.


