“Ona Vatan fidoyilari” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Joriy yilning 3-sentyabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ona Vatan fidoyilari” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur intellektual o‘yinni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ularni Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ajdodlar xotirasini e’zozlash, shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va ilm-ma’rifatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat.
✔️Tadbir davomida qatag‘on qurbonlarining hayot yo‘li, ularning xalq ma’rifati va yurt taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona faoliyati, shuningdek, ular barpo etishni orzu qilgan yangi maktablar va ma’rifat maskanlari haqida savollar o‘quvchilarga taqdim etildi.
“Zakovat” intellektual o‘yinida jami 3 ta jamoa ishtirok etib, 10 ta savol asosida o‘zaro bellashdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilimdonligi, topqirligi, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy hamkorlik qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Murosasiz kechgan bellashuv yakuniga ko‘ra, “Yigitlar” jamoasi munosib ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.



