"Ona Vatan fidoiylari" nomli Zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi.
Joriy yilning 18-noyabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan va 8-umumiy oʻrta taʼlim maktabi bilan hamkorlikda
10-sinf oʻquvchilarining faol kitobxonlari ishtirokida "Kitobsevar millat" shiori ostida Jadid adabiyoti namoyondalari hayoti va ijodiga bagʻishlangan "Ona Vatan fidoiylari" nomli Zakovat intellektual oʻyini tashkil etildi.
Bunda 2 jamoa "Zukkolar" va "Buxoriylar" jamoalari oʻzaro bellashdilar.O'quvchilarga 15 ta savol berildi va har bir toʻgʻri javob uchun 1 baldan berib borildi.Savollar soʻngida ballar hisoblandi va "Buxoriylar" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi hamda diplom va estalik sovgʻalari topshirildi.


