“Ona va bola mehr rishtasi” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 7-mart kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Chinobod mahallasida istiqomat qiladigan kitobxon ona va bolalar ishtirokida “Ona va bola mehr rishtasi” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida o‘zbek adabiyotining taniqli yozuvchisi "O‘tkir Hoshimov" ning "Ikki eshik orasi" asari mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, asar yuzasidan ishtirokchilar bilan qiziqarli savol-javoblar, viktorina oʻyinlari o‘tkazildi.
Tadbir yakunida davra suhbatida faol qatnashgan ishtirokchilarga estalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur davra suhbatida 14 nafar ona va bola kitobxonlar ishtirok etdi.


