“Omadli kitobxon” loyihasi taqdimoti tashkil etildi
Joriy yilning 2-aprel sanasida Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan yangi kitobxonlar uchun “Omadli kitobxon” loyihasi taqdimoti tashkil etildi. Tadbir davomida loyihaning maqsad va vazifalari, unda ishtirok etish tartibi hamda kitobxonlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mazkur loyiha kitobxonlar o‘rtasida kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni muntazam ravishda kutubxonaga jalb etish hamda faol kitobxonlarni rag‘batlantirishga qaratilgani alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va loyiha doirasida faol ishtirok etishga chorlandilar.



