“Omadli kitobxon” loyihasi doirasida g‘oliblarni aniqlash jarayoni tantanali ruhda tashkil etildi.
Joriy yilning 30-aprel sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Omadli kitobxon” loyihasi doirasida g‘oliblarni aniqlash jarayoni tantanali ruhda tashkil etildi.
💎Tanlov jarayonining eng qiziqarli va hayajonli bosqichi — maxsus baraban orqali tasodifiy tanlov o‘tkazilishi bo‘ldi. Ishtirokchilar nomlari joylashtirilgan baraban barcha ishtirokchilar huzurida ochilib, shaffoflik va adolatlilik tamoyillari asosida aylantirildi.
📚Barabanning aylanish jarayoni tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish va hayajon uyg‘otib, ushbu bosqichni yanada esda qolarli lahzalarga boy qildi. Mazkur usul orqali tanlovning ochiq va xolis o‘tkazilgani yana bir bor namoyon etildi.



