"Odil Yoqubov — millat qalbida yashagan adib" nomli kitoblar koʼrgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 20-oktyabr sanasida Doʼstlik tuman axborot-kutubxona markazida kutubxona xodimlari tomonidan Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan "Odil Yoqubov — millat qalbida yashagan adib" nomli kitoblar koʼrgazmasi tashkil etildi.Koʼrgazma Odil Yoqubovning eng sara asarlari bilan boyitildi.
Odil Yoqubov — o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, xalqimizning boy ma’naviy merosiga ulkan hissa qo‘shgan iste’dodli yozuvchidir. Uning asarlarida insoniylik, vatanparvarlik, adolat, mehr-oqibat va hayot haqiqatlari yorqin aks etgan.Adibning “Ulug‘bek xazinasi”, “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili” kabi asarlari kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan. Uning ijodi yosh avlodni ezgulikka, halollikka va ma’naviy kamolotga chorlaydi.
