“Oddiylikdan buyuklik sari” nomli bahs-munozara kechasi tashkil etildi.
Joriy yilning 13-aprel sanasida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 72 yilligi munosabati bilan 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida “Oddiylikdan buyuklik sari” nomli bahs-munozara kechasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir davomida shoirning sermazmun hayoti va serqirra ijodiy faoliyati o‘quvchilar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, adibning yuksak badiiy qiymatga ega she’rlari o‘quvchilar tomonidan ifodali tarzda ijro etildi.



