“Odam bo‘lish qiyin” asari yuzasidan “Bir asar tarixi” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
“Bir asar tarixi” – insoniylik va ma’naviyat saboqlari Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘zbek adabiyotining taniqli namoyandasi, yozuvchi O‘lmas Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” asari yuzasidan “Bir asar tarixi” mavzusida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat jarayonida o‘quvchilar asarning tarbiyaviy ahamiyati, insonning haqiqiy qadr-qimmati uning boyligi yoki mavqei bilan emas, balki odobi, vijdoni, qilgan ezgu ishlari va atrofdagilarga bo‘lgan munosabati bilan belgilanishi haqida o‘z fikrlarini bayon etdilar. Shuningdek, asar mazmunidan kelib chiqib, bugungi yoshlar qanday fazilatlarga ega bo‘lishi, hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlash va insoniylik burchiga sodiq qolish masalalari muhokama qilindi.


