Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi — mamlakatning mustaqilligi, suvereniteti va milliy qadriyatlarini ifodalovchi asosiy davlat ramzlaridan biridir. U 1992-yil 2-iyul kuni "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida"gi Qonun bilan tasdiqlangan.
Davlat gerbi quyidagi ramzlardan tashkil topgan:
Humo qushi – baxt, erkinlik, ezgulik va tinchlik ramzi.
Charaqlab turgan quyosh – yorugʻ kelajak, hayot va taraqqiyotni anglatadi.
Togʻlar va daryolar – Oʻzbekistonning goʻzal tabiati va boyliklarini ifodalaydi.
Bugʻdoy boshoqlari – moʻl-koʻllik, farovonlik va toʻkin-sochinlik timsoli.
Paxta shoxlari – mamlakatning mehnatsevarligi va qishloq xoʻjaligidagi muhim oʻrnini bildiradi.
Sakkizburchak – birlik va mukammallik ramzi bo‘lib, uning ichida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Bu xalqning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini ifodalaydi.
Pastki qismidagi lenta Oʻzbekiston Davlat bayrogʻi ranglarida tasvirlangan bo‘lib, unda "OʻZBEKISTON" deb yozilgan.
Jumladan joriy yilning 2-iyul sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil qilindi Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi haqida maʼlumot berib, o'quvchilarning faolligini oshirish maqsadida savol javoblar oʻtkazildi.



