“O‘zbek tilim – faxrim, iftixorim” mavzusida “O‘zbek tili bilimdoni” insholar tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Joriy yilning 12-oktyabr sanasida Ma’naviyat va ma’rifat markazi Do‘stlik tuman bo‘linmasi, Axborot-kutubxona markazi, tuman hokimining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘zbek tilim – faxrim, iftixorim” mavzusida “O‘zbek tili bilimdoni” insholar tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
📖Tanlovdan ko‘zlangan maqsad yoshlar o‘rtasida ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yuksaltirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon etishdan iborat.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Faxrli birinchi o‘rinni egallagan 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Mirzayeva Diyora tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.



