“O‘zbek tilim — faxrim, iftixorim” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 12-oktabr kuni Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “O‘zbek tilim — faxrim, iftixorim” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📖o‘rgazmadan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” kitoblari hamda so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning eng sara asarlari o‘rin oldi.
🗞Mazkur ko‘rgazma o‘zbek tilining boyligi va jozibasini keng targ‘ib etish, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada oshirish, shuningdek, kitobxonlarda milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga xizmat qiladi.


