“O‘zbek tili — bizni birlashtiradi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy musiqiy bayram tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 20-oktyabr sanasida Axborot-kutubxona markazi, Do‘stlik tumani hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida “O‘zbek tili — bizni birlashtiradi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy musiqiy bayram tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish, o‘zbek tilining boy tarixi, betakror jozibasi va ma’naviy qadriyatlarimizni ifoda etishdagi beqiyos o‘rnini keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.