"O'zbek dramaturgiyasining asoschisi" nomli bahs munozara kechasi tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yozuvchi, alloma jamoat arbobi, jadidchilik harakati asoschisi ya'ni yangicha o'quv metodikasi lideri Maxmudxo'ja Behbudiy tavalludining 100 yilligi munosabati bilan faol kitobxonlar ishtirokida "O'zbek dramaturgiyasining asoschisi" nomli bahs munozara kechasi tashkil qilindi. Davra suhbati davomida adibning hayoti ijodi asarlari keng yoritilib berildi.Shu bilan birga Behbudiyning dinga va siyosatga oid qator maqolalari hamda olib borgan ilmiy ishlari xususida qizg'in bahs munozara bo'lib o'tdi. Adibning hayoti va ijodiga bag'ishlab "Bu qaysi asardan?", "Krasvordni yechamiz?" hamda qiziqarli savol-javob viktorina o'yinlari tashkil qilindi.Tadbir juda qiziqarli va mazmunli bo'lib barchaga birdek manzur bo'ldi va ushbu tadbirga 23 nafar kitobxon jalb etildi.