O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” qissasi keng tarzda yoritib berildi.
Joriy yilning 5-oktabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bunyodkor MFY hududida joylashgan 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining faol o‘quvchilari hamda kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” qissasi keng tarzda yoritib berildi. 📖Asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan insoniy fazilatlar, hayotiy saboqlar, yoshlikning qadriga yetish, ota-ona va yaqinlarga hurmat, do‘stlik va sadoqat kabi muhim g‘oyalar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.Tadbirda o‘quvchilar asar qahramonlari va ularning taqdirlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.


