O‘lmas Umarbekovning Yoz yomg‘iri asari kitobxonlarga tanishtirildi.
Joriy yilning 28-fevral kuni Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O‘lmas Umarbekovning Yoz yomg‘iri asari kitobxonlarga tanishtirildi.
Mazkur asarda yoz yomg‘iri obrazi ramziy ma’noda qo‘llanib, u inson qalbining poklanishi, yangilanishi va ichki kechinmalarini ifodalaydi. Muallif tabiat manzaralari orqali qahramon ruhiyatini mahorat bilan ochib beradi. Yoz yomg‘iri qisqa davom etadigan, ammo atrof-muhitni tozalab, yangilab ketadigan hodisa sifatida tasvirlanadi. Bu holat inson hayotidagi ayrim voqealar bilan qiyoslanadi. Ya’ni, hayotdagi qiyinchilik va sinovlar vaqtinchalik bo‘lib, ular insonni chiniqtiradi hamda ma’nan o‘stiradi.
Asarning g‘oyaviy yo‘nalishi insonni sabrli, bardoshli va umidli bo‘lishga undashdan iborat. U yosh avlodni hayot sinovlariga matonat bilan qarashga, qalb pokligini asrashga chorlaydi.


