"Oʼlkamizning faxri" nomli davra suhbati tashkil etildi.
Davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 108 yilligi munosabati bilan "Kitobsevar millat" shiori ostida faol kitobxonlar ishtirokida "Oʼlkamizning faxri" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Sh.Rashidovning hayoti va ijodi, uning xalqimizga boʻlgan mehr muhabbati, yurtimizda olib borgan, barpo qilgan koʻpgina ishlari haqida kitobxonlarga soʻzlab berildi.Shuningdek yozuvchining kitoblari ham yaqindan tanishtirilib, qisqacha gapirib oʻtildi.Davra suhbatida 16 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar.



