“Nurli kelajak sari” deb nomlangan sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 15-may sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurgan yosh kitobxonlarning talab va istaklariga asosan “Nurli kelajak sari” deb nomlangan sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida ishtirokchilar kutubxonada amalga oshirilayotgan ✨“Omadli kitobxon” loyihasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Mutolaa” ilovasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📚Yosh kitobxonlar elektron o‘quv zal faoliyati, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar. Tadbir davomida kitobxonlarda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va zamonaviy bilimlarga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.


