“Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida keng qamrovli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 26-mart sanasida “Saritepa” MFY hududida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir” shiori ostida keng qamrovli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, ajdodlar merosi, badiiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishlarga oid 60 ga yaqin sara adabiyotlar oʻrin oldi. Ko‘rgazma orqali kitobxonlarga boy maʼnaviy merosimizni targʻib etish, yosh avlodning kitobga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsad qilindi.
Navroʻz sayliga tashrif buyurgan mahalla aholisi, mutasaddilar hamda yoshlar ko‘rgazmaga faol jalb etilib, ularga kitob mutolaasining ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi, foydali tavsiyalar taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.



