"Muqaddas Madhiya-Vatanim g'ururi'' nomli tadbir tashkil qilindi.
Joriy yilning 5-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 18-umumiy o'rta ta'lim maktabining faol o'quvchilari ishtirokida O'zbekiston Respublikasining eng muhim razmlaridan biri - Davlat madhiyasining 33 yilligiga bag'ishlab "Muqaddas Madhiya-Vatanim g'ururi'' nomli tadbir tashkil qilindi. Madhiyamiz-xalqimizning erki, orzu-umidi, tarixiy kuchi va yurtga bo'lgan sadoqatini ifodalovchi muqaddas qo'shiqdir. Tadbir boshida Madhiyamiz yaralish tarixi haqida oʻquvchilarga ma'lumot berildi va o'quvchilar jo'r bo'lib O'zbekiston Respublikasi Madhiyasini kuylashdilar. Shundan soʻng "Vatan muqaddasdir'' nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi. Vatanni madh etadigan bir-biridan ajoyib she'rlar bilan tadbir yanada qiziqarli bo'ldi. So'ngra qiziqarli savol-javoblar o'tkazildi, bilimdon o'quvchilar har bir savolning javobini to'g'ri topdilar va yakunda O'zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasining yaralish tarixi haqida videorolik namoyish etildi. Tadbir qiziqarli va mazmunli boʻlib, 20 nafar faol o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.



