"Mungli ko'zlar" asari asosida davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 13-yanvar sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchilari bilan "Bir asar tarixi'' shiori ostida O'zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asari asosida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida dastlab O'zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To'xtaboyevning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi. So'ngra ularga "Mungli ko'zlar" asari keng tarzda yoritilib berildi. O'quvchilar bilimini oshirish maqsadida tashkil qilingan ushbu davra suhbati barcha o'quvchilarga birdek manzur bo'ldi. O'quvchilar bilan qiziqarli bahs munozaralar bo'lib o'tdi. Davra suhbati davomida 25 nafar kitobxon o'quvchilar qatnashdilar.



