“Muhammad Yusuf – qalblar shoiri” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 27-aprel sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Muhammad Yusuf – qalblar shoiri” nomli kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi.
Mazkur koʻrgazmani tashkil etishda jami 35 nomdagi adabiyotlardan foydalanildi. Koʻrgazma orqali kitobxonlarga shoir ijodi, uning boy adabiy merosi hamda xalq qalbidan chuqur joy olgan asarlari haqida kengroq maʼlumot berish maqsad qilindi.
