Muhammad Ali qalamiga mansub “Temurbek” asarining taqdimoti oʻtkazildi.
Joriy yilning 26-iyun kuni Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Doʻstlik tuman boʻlinmasi hamda 1-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamkorligida yozuvchi Muhammad Ali qalamiga mansub “Temurbek” asarining taqdimoti oʻtkazildi.
Tadbirning maqsadi yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish, ularning milliy tariximiz va buyuk ajdodlarimizga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida Amir Temurning hayoti va faoliyati yuzasidan suhbat tashkil etilib, o‘quvchilar o‘z bilim va fikrlarini namoyon etdilar.
Shuningdek, savol-javoblar o‘tkazilib, faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi. Axborot-kutubxona markazi xodimi tomonidan asarning mazmuni, g‘oyalari va tarbiyaviy ahamiyati yoritib berildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan mas’ullar yoshlarni kitob mutolaasiga undab, bunday ma’naviy tadbirlarning ahamiyatini ta’kidladilar. Yakunda ishtirokchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, tadbir barchada katta qiziqish uyg‘otdi.


