Mirkarim Osimning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Joriy yilning 13-avgust kuni Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan atoqli adib Mirkarim Osimning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
📖 Davra suhbati davomida o‘quvchilarga adibning sermazmun hayot yo‘li, ijodiy faoliyati va o‘zbek adabiyotidagi munosib o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
🏛 Mirkarim Osim o‘z asarlarida xalqimizning qadimiy tarixi, buyuk ajdodlarimizning hayoti, jasorati, vatanparvarligi va mardligini yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlagani alohida ta’kidlandi.
📚 Davra suhbati doirasida yozuvchining:
🔹 “Shiroq”
🔹 “To‘maris”
🔹 “Iskandar va Spitamen”
🔹 “Karvon yo‘llarida”
kabi tarixiy asarlari hamda adibning hayoti va ijodiga oid kitoblardan iborat kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
✨ Ko‘rgazma orqali yosh kitobxonlar Mirkarim Osim ijodining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, adib tarixiy shaxslar va voqealarni yosh avlodga qiziqarli, sodda va ta’sirchan tarzda yetkazishga intilgani haqida fikrlar bildirildi.
