"Milliyligimiz o'zligimiz" deb nomlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi
Joriy yilning 5-noyabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Milliyligimiz o'zligimiz" deb nomlangan kitoblar ko'rgazmasi tashkil etilib, kutubxonaga tashrif buyurgan yosh kitobxonlar ushbu ko'rgazma bilan yaqindan tanishtirildi. Milliyligimizni aks etiruvchi atlaslarimiz, adraslarimiz qadimda ajdodlarimiz foydalangan turli xil milliy kiyimlar va ro'mollar hamda qadimda eng urfga kirgan choponlar tarixi haqida qisqacha tanishtirildi va ma'lumotlar berilib o'tildi.


