"Milliy urf-odatlar va qadriyatlarimizni yod etamiz" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi,
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 11-noyabr sanasida INFOLIB haftaligi doirasida "Milliy urf-odatlar va qadriyatlarimizni yod etamiz" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi, shu bilan bir qatorda kutubxonamizga kelgan yangi adabiyotlarning koʻrgazmasi ham namoyish qilindi.Ko'rgazma doirasida kutubxonaning eng faol oʻquvchilariga yangi adabiyotlar haqida, milliyligimiz aks etgan kitoblar va rassomlar tomonidan tasvirlangan rasmlar koʻrgazmasi haqida tushuncha berib oʻtildi.Ko'rgazmaga 80 dan ortiq mavzuga oid kitoblar qoʻyildi.