"Milliy libos millat ko'rki" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 18-noyabr kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobsevar millat shiori ostida Milliylik, urf-odatlar va qadriyatlarni tarannum etish maqsadida kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar bilan "Milliy libos millat ko'rki" nomli davra suhbati tashkil qilindi.Davra suhbati davomida Milliy adraslarimiz, atlaslarimizning yaralish tarixi har bir rangning o'ziga xosligi, milliy urf-odatlarimiz qadriyatlarimiz haqida kitobxonlarga ma'lumotlar berilib, kitobxonlar bilan oʻzaro fikrlar almashildi.



