“Millat uchun yashagan fidoyilar” nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 14-oktyabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Millat uchun yashagan fidoyilar” nomli davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbati davomida oʻzbek adabiyotining atoqli namoyandasi Abdulhamid Choʻlponning “Kecha va kunduz” romani haqida soʻz yuritildi. Asarning mazmuni, unda aks etgan davr muhiti, xalqning ijtimoiy hayoti, millat taqdiri va inson erkinligi bilan bogʻliq masalalar ishtirokchilarga tushuntirib berildi. Shuningdek, yozuvchining xalq hayotini haqqoniy tasvirlash, jamiyatdagi muammolarni badiiy obrazlar orqali ochib berish mahorati haqida fikr almashildi.
📒Bundan ko'zlangan maqsad ajdodlarimizning hayoti va faoliyatini yosh avlodga tanishtirish, ularning boy maʼnaviy merosiga boʻlgan hurmatni yanada oshirishdan iborat.
