“Mening sevimli ertak qahramonim” nomli rasmlar tanlovi tashkil etildi.
Joriy yilning 21-yanvar kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar hamda Kitobxonlar klubi a’zolari ishtirokida “Mening sevimli ertak qahramonim” nomli rasmlar tanlovi tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi bolalarning tasavvur olamini boyitish, ularni ezgulikka chorlaydigan ertaklar orqali tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida o‘quvchilar qalbidan chuqur joy olgan “Bo‘g‘irsoq” ertagi qahramonlarini o‘z tasavvurlariga mos holda rang-barang va yorqin bo‘yoqlar yordamida tasvirladilar. Bolalarning ijodkorligi va fantaziyasi rasmlarda yaqqol namoyon bo‘ldi.
Qiziqarli va mazmunli o‘tgan rasmlar ko‘rgazmasida o‘quvchilar chiroyli va mazmunli ijod namunalari bilan ishtirok etishdi. Natijada 3 nafar iqtidorli o‘quvchi keyingi bosqichga yo‘llanma oldi. Tadbirda jami 20 nafar faol kitobxon o‘quvchi qatnashib, ularning ijodiy ishlari ko‘rgazmaga qo‘yildi.



