"Men tabiatni asrash tarafdoriman" nomli insholar tanlovi oʼtkazildi.
Joriy yilning 13-noyabr sanasida "INFOLIB OʼZBEKISTON-2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida markaz xodimlari tomonidan faol kitobxonlar bilan "Men tabiatni asrash tarafdoriman" nomli insholar tanlovi oʼtkazildi. Dastlab oʻquvchilarga tabiatni qanday asrash toʼgʼrisida ma'lumotlar berildi. Soʻng oʻquvchilar bu mavzuda oʻz insholarini bayon qiladilar. Tanlov soʻnggida eng mazmunli va bexato yozgan kitobxonlar diplom bilan taqdirlandi. Tanlovda 13 nafar faol kitobxonlar ishtirok etdi.



