"Men sevgan maskan" nomli sayohat uyushtirildi.
Joriy yilning 2-sentyabr sanasida yangi o‘quv yilining ilk kunlarida kutubxonamizga yangi kitobxonlar tashrif buyurib ular ishtirokida "Men sevgan maskan"
nomli sayohat uyushtirildi.Sayohat davomida o‘quvchilar kutubxonaning kitob fondi bilan yaqindan tanishib, turli mavzulardagi adabiyotlar, badiiy va ilmiy kitoblar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, elektron o‘quv zali faoliyati bilan tanishib, zamonaviy texnologiyalar yordamida bilim olish imkoniyatlarini ko‘rdilar. 💻📖
Kitoblar olamiga uyushtirilgan ushbu sayohat o‘quvchilarda mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, kutubxonadan samarali foydalanish va kitob bilan do‘stlashishga undashga xizmat qildi.
✨ Yangi o‘quv yili — yangi bilimlar, yangi kitoblar va yangi kashfiyotlar bilan boshlandi!


