“Mehrobdan chayon” asariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 2-fevral sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda 14-maktab oʻquvchilari bilan hamkorlikda “Mensevgan badiiy asar” shiori ostida Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asariga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida asar yuzasidan savol-javoblar oʻtkazildi, sahna koʻrinishlari namoyish etildi hamda qiziqarli oʻyinlar tashkil qilindi. Shuningdek, men oʻquvchilarga Abdulla Qodiriyning “Jinlar bazmi” asari haqida ham qisqacha maʼlumot berib oʻtdim.
Tadbirda jami 16 nafar yosh kitobxon oʻquvchi faol ishtirok etdi.



