"Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida MFYda istiqomat qiluvchi Begmatova Tozagul onaning xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi hamda kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Joriy yilning 23-iyul sanasida Doʻstlik tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Mehr kutubxonasi" loyihasi doirasida MFYda istiqomat qiluvchi Begmatova Tozagul onaning xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi hamda kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Tashrif davomida Tozagul onaga kutubxona fondiga yangi kelib tushgan badiiy adabiyotlar taqdim etildi. U kishi yozuvchi Tohir Malikning "Tiriklik suvi" hamda "Tanlangan asarlar" kitoblarini qiziqish bilan tanlab, mutolaa qilish uchun oldilar.
Mazkur tashrif orqali kitobxonlarning ma'naviy ehtiyojlarini qo'llab-quvvatlash, kitob mutolaasini keng targ'ib etish va aholiga qulay kutubxona xizmatlarini ko'rsatish maqsad qilindi.
