“Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida kitobxonlarga xizmat ko`rsatilmoqda.
Joriy yilning 4-may sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Chinobod MFYda istiqomat qiluvchi Azizova Xosiyat onaga sayyor kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
💎Tashrif davomida Xosiyat onaga bir qator badiiy asarlar taqdim etildi. Shundan, Xosiyat ona o‘qish uchun o`ziga yoqqan asarlarini tanlab oldi.
📌Mazkur tashabbus orqali aholi, ayniqsa uy sharoitida xizmatga muhtoj fuqarolarni kitob bilan ta’minlash, ularning ma’naviy dunyosini boyitish va mutolaa madaniyatini shaklantirishdir.
