“Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida G‘ofur G‘ulom MFYda istiqomat qiluvchi Qahramonova Kunbuvi onaga kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Joriy yilning 17-aprel sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida G‘ofur G‘ulom MFYda istiqomat qiluvchi Qahramonova Kunbuvi onaga kutubxona xizmati ko‘rsatildi.
Tashrif davomida kitobxon onaga kutubxona fondidan saralangan, mazmunan boy va qiziqarli badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Jumladan, ular o‘zlariga Komila, “Bozor oshxonadagi qiz” hamda “Kechikkan qasos” nomli kitoblarni tanlab oldilar.
Mazkur tashabbus aholi, ayniqsa yoshi ulug‘ kitobxonlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirish, ularni doimiy ravishda kitob bilan ta’minlash hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
