“Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Chinobod MFYda istiqomat qiluvchi Arziyeva Xosiyat onaga sayyor kutubxona xizmati koʻrsatildi.
Joriy yilning 22-iyun sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Chinobod MFYda istiqomat qiluvchi Arziyeva Xosiyat onaga sayyor kutubxona xizmati koʻrsatildi.
Tashrif davomida kitobxon uchun detektiv janridagi asarlar tavsiya etildi.
Mazkur loyiha aholining, ayniqsa, yoshi ulugʻ kitobxonlarning kitobga boʻlgan ehtiyojini qondirish, mutolaa madaniyatini keng targʻib etish hamda maʼnaviy-maʼrifiy xizmatlarni yanada ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
