“Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Chinobod MFYda istiqomat qiluvchi Arziyeva Xosiyat onaga sayyor kutubxona xizmati koʻrsatildi.
Joriy yilning 5-iyun sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida Chinobod MFYda istiqomat qiluvchi Arziyeva Xosiyat onaga sayyor kutubxona xizmati koʻrsatildi.
Tashrif davomida kitobxon uchun Komil Sindarov hamda Azamat Qorjovovning asarlari tavsiya etilib, taqdim qilindi. Xosiyat ona mutolaa qilish uchun Azamat Qorjavobning “Musofir goʻdak qismati” asarini tanlab oldilar.
Mazkur loyiha aholining, ayniqsa, yoshi ulugʻ kitobxonlarning kitobga boʻlgan ehtiyojini qondirish, mutolaa madaniyatini keng targʻib etish hamda maʼnaviy-maʼrifiy xizmatlarni yanada ommalashtirishga xizmat qilmoqda.
